UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTDning so`nggi xabarlar
05/03/2010 : BMTTD Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan nogiron ayollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdo ko`rgazmasini o`tkazmoqda
Toshkent, 5 mart 2010 yil – Xalqaro Xotin-qizlar bayrami oldidan, BMTTD va BMT Axborot Markazi hamkorlikda nogiron ayollar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar ko’rgazmasini tashkil etmoqda. Mazkur yil Xalqaro Xotin-qizlar kuni “Teng huquqlar, Teng imkoniyatlar: Rivojlanish Barcha Uchun” shiori ostida nishonlanmoqda. Bu bilan ayollar va qizlar uchun tenghuquqlilik, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlik qanchalik muhim ekani alohida e’tirof etiladi. batafsilroq
03/03/2010 : OAV vakillari uchun moliyalashtirishdagi dolzarb masalalar bo`yicha trening
2010 yil 25-26 fevral kunlari “Poytaht” biznes-markazida O’zbekiston ommaviy axborot vositalari hodimlari uchun moliylashtirishdagi dolzarb masalalar bo’yicha trening bo’lib o’tdi. Ushbu trening O’zbekiston Mrkaziy banki va BMT Taraqqiyot dasturi O’zbekistondagi vakolathonasining “Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash” qo’shma loyihasi, Texnik hamkorlik bo’yicha Germaniya jamiyatining (GTZ) “Markaziy Osiyoda mikromoliyalashtirishni rivojlantirishda hamkorlik qilish” loyihasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning Shvesariya hukumati ko’magida amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonda moliyaviy infratuzilmalarni mustahkamlash loyihasi doirasida hamda Jurnalistlarni qayta tayorlash Xalqaro markazi ko’magida tashkil etildi. batafsilroq
23/02/2010 : Yangi imkoniyatlar sari
2010 yil 22-24 fevral kunlari “Ravshan” mehmonxonasida BMT volontyorlari respublika konferensiyasi bo'lib o'tyapti. Konferensiya BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O'zbekiston Respublikasi G'ukumatiga ko'mak” (ICTP) hamda “O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy muassasalarining salohiyatini mustahkamlash” loyihalari tomonidan tashkil etilgan. batafsilroq
Viloyatlar bo`yicha proektlar (ko`rish uchun bosing)
Qaraqolpog`iston Respublikasi Navoi viloyati Bukhoro viloyati Khorazm viloyati Surkhandaryo viloyati Qashqadaryo viloyati Samarqand viloyati Jizzakh viloyati Sirdaryo viloyati Toshkent viloyati, Toshkent shahri Namangan viloyati Farg`ona viloyati Andijon viloyati
Foydali manbalar