Nega aynan “Qishloq aholisining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash”?

Masala:

Orol dengizi

Masala

Tejamkor bo‘lmagaman sug‘orish usullarini qo‘llash oqibatida Orol dengizi 90 foizga qisqarib ketgan

Yechim

Qonliko‘l va Shumanay tumanlarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklariga suv resurslarini tejaydigan qishloq xo‘jaligi texnologiyasi bo‘lmish lazer yordamida dala maydonini tekislash uchun kerakli uskunalar taqdim etildi

Masala

Baliqchilik xo‘jaligi keskin ravishda qisqarib aholining ish topish imkoniyatlari nihoyatda kamayib qolgan

Yechim

Baday-To‘g‘ay Davlat qo‘riqxonasi hududida istiqomat qiluvchi 150 nafar erkak va ayollar yer resurslarini boshqarish hamda tanazzulga uchragan yerlarni qayta o‘zlashtirish sohasida barqaror va samarador usullarini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi

Masala

Aholi sog‘ligi, ayniqsa ayollar va ijtimoiy jihatdan ojiz bo‘lgan aholi guruhlari sog‘ligi katta xavf ostida qolib ketmoqda

Yechim

160 nafar birlamchi tibbiy yordam mutaxassislari uchun jinsiy va reproduktiv salomatlik sohasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib ijtimoiy jihatdan ojiz bo‘lgan aholi guruhlariga mansub ayol va yoshlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatildi

Masala:

OIVga qarshi kurash

Masala

Hozirda ba’zi shaxslar OIVni da’volash bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari cheklangaligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

Yechim

OIVga chalingan 24000 nafar erkak va ayollar kerakli tibbiy yordam olmoqda.

Masala

OIV umumiy aholi orasida tarqalishining oldini olish uchun bu kasallikni ijtimoiy jihatdan ojiz bo‘lgan aholi orasida tarqalishini to‘xtatish lozim.

Yechim

70000 nafar yoshlarga OIV profilaktikasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilyapti.

Masala

OIVga chalinganlarning aksariyati antiretrovirus terapiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Yechim

3800 nafar erkak va ayollar antiretrovirus terapiyasidan o‘tmoqda.

Masala:

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish

Masala

Aholining aksariyati tabiiy ofatlar yuzaga kelganida qanday choralarni ko‘rish kerakligini bilmaydi.

Yechim

Tabiiy ofatlar yuzaga kelganida ko‘riladigan choralar borasida tegishli davlat xodimlari va aholining bilim va tajribasi oshirildi.

Masala

Aholi yashaydigan bino va inshootlarni qurish paytida inson sog‘lig‘i va hayotini tabiiy ofatlar xavfidan saqlash chora-tadbirlari inobatga olinmaydi.

Yechim

Inson hayoti uchun xavfsiz bo‘lgan inshootlarni qurish bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Masala

Aholining aksariyati tabiiy ofat yuzaga kelganida o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotni qayerdan olishi mumkinligini bilmaydi.

Yechim

Tabiiy ofat paytida aloqani yengillashtirish maqsadida mobil telefonlar uchun maxsus ilova yaratildi.

Hamkorlarimiz haqida batafsil ma'lumot
Logo