Nega aynan “Yer, suv va bizning kelajagimiz”?

Masala:

yerlarning tanazzulga uchrashi

Masala

Katta yaylov va o‘rmon yerlari qurg‘oq iqlim tufayli tanazzulga uchrab ozuqa xavfsizligi va biologik xilmaxillikka tahdid solib kelmoqda.

Yechim

Biz birgalikda 6000 ga yaylov va 1000 ga o‘rmon yerlarining o‘simlik qoplamini yaxshilamoqdamiz.

Masala

Fermerlarga yerga ishlov berishning barqaror usullari borasidagi bilimlar va tajriba talab qilinadi.

Yechim

50000 nafar erkak va ayol yer resurslarini boshqarishning yangi yondashuvlarini egallab kelmoqda.

Masala

Asosiy milliy hamkorlarimizga yer resurslarining unumdorligini saqlash usullariga oid ko‘proq bilimlar darkor.

Yechim

Asosiy milliy institutlardan 140 nafardan ortiq mutaxassis endilikda tabiiy resurslarni rejalashtirishda yangi usullarni qo‘llay oladi.

Masala:

suv resurslari

Masala

Suv resurslarini nihoyatda katta hajmlarda sug‘orish ehtiyojlari uchun sarflangani oqibatida – ayniqsa Zarafshon daryosi havzasida – suv yetishmovchiligi yuzaga keldi.

Yechim

Biz birgalikda suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va ularni taqsimlash imkonini beradigan Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish rejasini ishlab chiqdik.

Masala

Suv resurslarining ifloslanishi suvning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib aholi orasida, ayniqsa qishloq aholisi orasida turli kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.

Yechim

“Kanal yoqa” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi qariyb 2000 nafar erkak va ayollarga toza suv manbaini ochishga yordam berdik.

Masala

Ko‘pincha oilani toza ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasi ayolga topshiriladi, bunday holat esa ayollarning daromad olib keladigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish imkonini kamaytiradi.

Yechim

Toshkent, Samarqand, Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi ayollar hozirda suv resurslarini odilona taqsimlash usullarini amalda qo‘llab kelmoqda.

Masala:

iqlim o‘zgarishi

Masala

Iqtisodiy o‘sish “issiqxona” gazlari hajmining kattalashishiga olib kelib iqlim o‘zgarishi jarayonini tezlashtiradi.

Yechim

Biz 3,5 million sertifikatlangan uglerod qisqartmalariga erishib mamlakatning uglerod izini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik.

Masala

Yangilanuvchi quvvat manbalari mamlakatning energiya balansining nisbatan kichik qismini tashkil etadi.

Yechim

Bizning yordamimizda Hukumat o‘zining biogaz texnologiyalari sohasidagi siyosatini ishlab chiqib 250 nafar fermer ushbu qimmatli moqobil quvvat manbaidan foydalanish usullarini o‘zlashtirdi.

Masala

Katta hajmda quvvat iste’mol qilayotgan ijtimoiy binolarni yanada samaradorroq yoritish texnologiyalari bilan jihozlash lozim.

Yechim

Biz 52 million AQSh dollarini tejashga yordam beruvchi ixcham lyuminesent lampalaridan foydalanishga da’vat etamiz.

Masala:

biologik xilmaxillik

Masala

Biz neft va gaz qazib chiqish sanoati ta’siriga uchrab yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan dunyoning eng oxirigi cho‘l va dashtlik hududlarini saqlab qolishga intilamiz.

Yechim

Biz birgalikda biologik xilmaxillikni saqlash tamoyillarini neft va gaz sanoatiga tadbiq qilish maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga 100 dan ortiq o‘zgartirishlar tayyorladik.

Masala

Neft va gaz kompaniyalari ularning faoliyati natijasida atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sirni kamaytirish borasidagi bilimlarini oshirishi lozim.

Yechim

Biz Ustyurt platosining xaritasini ishlab chiqib unda neft va gaz qazilmalarini olib borish taqiqlangan joylar, olib borilayotgan qazilmalarning tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirini kamaytirshga qaratilgan choralarni ko‘rish kerak bo‘lgan joylar hamda bu qazilmalarni olib borish mumkin bo‘lgan va biologik xilmaxillikni yo‘qotish xavfi bo‘lmagan joylarni aniq belgilab oldik.

Hamkorlarimiz haqida batafsil ma'lumot
Logo