Nega aynan “Har bir inson manfaatini ko‘zlo‘vchi davlat boshqaruvi tizimi”?

Masala:

davlat byudjeti

Masala

Davlat byudjeti tizimining tartib-taomillari samarador, ochiq va shaffof bo‘lishi, bunda hisobdorlik tamoyillariga rioya etilishining ta’minlanishi nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

Yechim

Qayta ko‘rib chiqilgan Byudjet kodeksi va Davlat xaridlari haqidagi qonun.

Masala

Vazirlik va davlat idoralari davlat byudjetining ustuvor tamoyillarini yanada aniqroq belgilab olishi uchun o‘rta muddatga mo‘ljallangan strategiyalar kabi vositalar darkordir.

Yechim

Vazirlik va davlat idoralari uchun ishlab chiqilgan o‘rta muddatga mo‘ljallangan strategiya.

Masala

Davlat byudjetini sarf qilish yuzasidan javob beradigan davlat idora va tuzilmalarini aniq belgilab olish lozim.

Yechim

Davlat xarajatlari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan davlat idoralari ro‘yxati.

Masala:

mahalliy boshqaruv tizimi

Masala

Joylardagi aholi erkin ravishda ma’lumot olishi uchun keng yo‘l ochib berish lozim.

Yechim

Joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining ochiq va shaffofligini oshirish va fuqarolar bilan aloqalarini yaxshilash maqsadida ularda onlayn boshqaruv tizimi va axborot xizmatlari joriy etildi.

Masala

Ortiqcha, bir-biri bilan muvofiqlashtirilmagan ma’muriy tartib-taomillar mamlakat Hukumatiga aholini kerakli ma’lumot bilan ta’minlashiga to‘sqinliq qiladi.

Yechim

Fuqarolarga bir joyning o‘zida ko‘plab davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi yagona oyna markazlari tashkil etilib ular davlat xizmatlarining sifatini yanada oshirishga mo‘ljallangan.

Masala

Joylarda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining yanada faolroq ishtirok etishi darkor.

Yechim

Joylarda rivojlanish strategiyasini yaratish va amalga oshirish maqsadida xususiy sektor va fuqarolik jamiyat vakillaridan iborat bo‘lgan Jamoat kengashi joriy qilindi.

Masala:

tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish

Masala

Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi mamlakat kelajagi uchun eng asosiy shartlardan biri hisoblanadi, ammo xususiy korxonalar, aynaqsa shahar cheti va qishloq joylaridagi xususiy korxonalar doim ham o‘zining o‘sishi uchun kerak bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘laolmaydi.

Yechim

Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlari ishga tushib xuddi shunday markazlar butun respublika bo‘ylab tarqalishi ko‘zda tutilgan.

Masala

Erkak va ayol tadbirkorlar Hukumat qarorlari, nizom va tartib-taomillar haqida doimiy ravishda kerakli ma’lumotga ega bo‘lib turishi uchin maxsus vositalariga muhtojdir.

Yechim

Hukumat tomonidan tasdiqlangan tartib va qoidalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi http://www.businessinfo.uz ma’lumot portali yaratildi.

Masala

Tadbirkorlarga soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish tartib- taomillari darkordir.

Yechim

Tadbirkorlik faoliyatini elektron ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish  haqidagi Hukumat qarorining loyihasi ishlab chiqildi.

Hamkorlarimiz haqida batafsil ma'lumot
Logo